---
metadata:
  - name: generator
    content: Diplodoc Platform v5.57.3
alternate:
  - https://browser.yandex.uz/help/en/personal-data-protection/cookies.md
  - https://browser.yandex.uz/help/kk/personal-data-protection/cookies.md
  - https://browser.yandex.uz/help/ru/personal-data-protection/cookies.md
  - https://browser.yandex.uz/help/tr/personal-data-protection/cookies.md
  - https://browser.yandex.uz/help/uz/personal-data-protection/cookies.md
  - href: uz/personal-data-protection/cookies.md
    type: text/markdown
    title: Markdown version
  - href: ../llms.txt
    type: text/markdown
    title: llms.txt
---
> **Documentation Index:** Fetch the complete configuration index at https://browser.yandex.uz/help/uz/llms.txt




# Cookie-fayllar

## Cookie-fayl nima {#what}


{% note alert %}

Standart holatda [Yandex Brauzerda](https://browser.yandex.uz/) cookie fayllarni saqlashga ruxsat beriladi.

{% endnote %}


_Cookie_ (kuki) — veb-server tomonidan yuboriladigan va foydalanuvchi kompyuterida saqlanadigan kichik ma’lumot. Cookie-faylda siz haqingizda ma’lumot saqlanadi. Masalan, login va parol, joylashuv, til sozlamalari, internet-do‘kon qutisidagi tovarlar ma’lumotlari.

#### Nega cookie-fayllar foydali

- Avtorizatsiya talab etilgan saytda siz har safar login va parolni kiritishingiz talab etilmaydi.
- Agar buyurtma bersangiz va internet-do‘kondan chiqib ketib, keyin qaytib kelsangiz&nbsp;— tovarlar qutida saqlanadi.
- Agar ob-havo ma’lumotlari saytiga birinchi kirganda shaharni ko‘rsatgan bo‘lsangiz&nbsp;— sayt qaytib sizdan buni so‘ramaydi.

Veb-analitika vositalarida (masalan, [Yandex Metrika](https://yandex.ru/support/metrica/index.html)) cookie-fayllardan foydalanuvchining Internetdagi xatti-harakatlarini kuzatish uchun foydalaniladi.

#### Nimaga Cookie-fayllar maxfiylik uchun xavf tug‘diradi

- Agar cookie-fayllar login va parollarni saqlasa, begona shaxs sizning kompyuterdagi hisobingizga kirishi mumkin.
- Agar yovuz niyatli shaxs cookie-fayllarni qo‘lga kiritsa, u sizning shaxsiy ma’lumotlaringizga kirish imkoniga ega bo‘ladi. Ulardan asabga tegadigan reklama ko‘rsatishda foydalanish mumkin.

<br>

Umuman olganda, cookie-fayllarni faolsizlantirish foydadan ko‘ra ko‘proq noqulaylik keltiradi. Agar ma’lumotlaringiz oshkor bo‘lishidan maksimal himoyalanmoqchi bo‘lsangiz, cookie-fayllarni o‘chiring. Ayrim saytlar bundan keyin yaxshi ishlamasligi mumkin.


## Cookie-faylni o‘chirib tashlash {#del-cookie}

Agar vaqti-vaqti bilan cookie-fayllarni o‘chirib tursangiz, shaxsiy ma’lumotlarning oshkor bo‘lishi xavfini kamaytirasiz va qattiq disk xotirasini tejaysiz. Brauzer cookie-fayllar uchun xotira ajratadi va agar siz ko‘p saytlarga tashrif buyursangiz, xotira hajmi sezilarli darajada bo‘lishi mumkin.


{% cut "Hamma cookie-fayllar" %}



{% note alert %}

Agar barcha cookie-fayllar o‘chirilsa, siz avtomatik ravishda hamma saytlardagi hisobingizdan chiqib ketasiz, savatdagi tovarlar yo‘qolishi va geojoylashuvlar o‘zgarishi mumkin.

{% endnote %}



{% list tabs %}

- Tezkor tugmalar bilan


  1. **Ctrl** + **Shift** + **Del** (Windows-da va Linux) yoki **Shift** + **⌘** + **Backspace** (macOS da) tugmalarini bosing. Yoki **![](../_image/settings-icon.svg)**&nbsp;→ **Tarix**&nbsp;→ **Tarixni tozalash** ustiga bosing.
  1. **Tarixni tozalash** roʻyxatida cookie-fayllarni tozalash uchun davrni tanlang.

  1. **Cookie-fayllar va sayt va modullarning boshqa ma’lumotlari** bandini tanlang (agar siz faqat cookie-fayllarni o‘chirishni xohlasangiz, qolgan variantlarni faolsizlantiring).

  1. **Tozalash** tugmasini bosing.


  ![](../_image/clear-cookies.png){.border-yes}

- Sozlamalarda


  1. **![](../_image/settings-icon.svg)**&nbsp;→ **Sozlamalar**&nbsp;→ **Saytlar**&nbsp;→ **Saytlarining kengaytirilgan sozlamalari**. tugmasini bosing.
  1. **Cookie-fayllar** bo‘limida **Cookie fayllar va sayt ma’lumotlari**&nbsp;→ **Hammasini o‘chirish** tugmasini bosing.

  ![](../_image/clear-cookies-settings.png){.border-yes}

{% endlist %}


{% endcut %}

{% cut "Bitta sahifa cookie-fayllari" %}



{% list tabs %}

- Sahifada


  1. Sayt sahifasini oching.

  1. [Aqlli satrda](*smart-link) [ulanish holati](https://browser.yandex.uz/help/uz/security/protect-panel.md#icons) belgisini bosing.

  1. Protect paneli ochiladi. Ulanish holati ko‘rsatilgan bo‘limda **Batafsil** tugmasini bosing.

  1. **<...> ushbu sayt uchun cookie-fayllar** havolasini bosing. Cookie-fayllar ro‘yxati bor oyna paydo bo‘ladi.

  1. Kerakli cookie-faylning o‘ng tomonidagi belgini bosing&nbsp;![](../_image/cookie-delete-icon.png).


- Sozlamalarda


  1. **![](../_image/settings-icon.svg)**&nbsp;→ **Sozlamalar**&nbsp;→ **Saytlar** tugmasini bosing.


  1. Sahifani pastga torting va **Saytlarning kengaytirilgan sozlamalari** tugmasini bosing.

  1. **Cookie-fayllar** bo‘limida **Cookie fayllar va sayt ma’lumotlari** tugmasini bosing.

  1. Chapdagi qidiruv satrida sayt nomini kiritishni boshlang.

  1. Kerakli sayt aks etgan satr ustiga sichqonchani yo‘naltiring va **O‘chirish** tugmasini bosing.

{% endlist %}


{% endcut %}



## Cookie-faylni saqlashni taqiqlash {#block-cookies}


Sukut bo‘yicha, barcha saytlar cookie-fayl saqlashiga ruxsat etilgan.


{% cut "Hamma cookie-fayllar" %}


1. **![](../_image/settings-icon.svg)**&nbsp;→ **Sozlamalar**&nbsp;→ **Saytlar** tugmasini bosing.


1. Sahifani pastga torting va **Saytlarning kengaytirilgan sozlamalari** tugmasini bosing.

1. **Cookie-fayllar** bo‘limida **Taqiqlangan** xususiyatini yoqing.


{% note info %}

Gohida saytlarda [trekerlarga](https://browser.yandex.uz/help/uz/personal-data-protection/ytp.md) duch kelish mumkin (masalan, siz haqingizda ma’lumot to‘playdigan reklama bannerlari). Ularning ishini taqiqlash uchun **Tashqi cookie-fayllarni cheklash** yoki **Tashqi cookie-fayllarni bloklash** parametrlarini tanlang.

{% endnote %}



{% endcut %}

{% cut "Bitta sahifa cookie-fayllari" %}


1. Sayt sahifasini oching.

1. [Aqlli satrda](*smart-link) [ulanish holati](https://browser.yandex.uz/help/uz/security/protect-panel.md#icons) belgisini bosing.

1. Protect paneli ochiladi. Ulanish holati ko‘rsatilgan bo‘limda **Batafsil** tugmasini bosing.

1. **<...> ushbu sayt uchun cookie-fayllar** havolasini bosing. Cookie-fayllar roʻyxati bor oyna paydo boʻladi.

1. Kerakli cookie-faylning o‘ng tomonida **![](../_image/cookie-settings-icon.png =22x)**&nbsp;→ **Ma’lumotlar saqlanishini taqiqlash** tugmasini bosing.


{% list tabs %}

- Sahifa haqida ma’lumot

  ![](../_image/cookies-page-1.png){.border-yes}

- Cookie-fayl va sayt ma’lumotlari


  ![](../_image/cookies-page.png){.border-yes}

  Brauzer sozlamalarida siz cookie-fayl uchun [istisnolar](https://browser.yandex.uz/help/uz/useful-features/exceptions.md) o‘rnatishingiz mumkin.

{% endlist %}


{% endcut %}


#### Batafsil maʼlumot

- [Sahifaning turli elementlari uchun istisnolar](https://browser.yandex.uz/help/uz/useful-features/exceptions.md)


## Cookie-faylni saqlashga ruxsat berish {#allow}

<!--По этому разделу написаны фактовые ответы. Если раздел обновился, не забудьте проверить и обновить ответы в файле fact-answers.yaml.-->

Sukut bo‘yicha, barcha saytlar cookie-fayl saqlashiga ruxsat etilgan. Agar cookie-fayllarni saqlashni taqiqlagan bo‘lsangiz, ruxsat bering.


{% cut "Hamma cookie-fayllar" %}


1. **![](../_image/settings-icon.svg)**&nbsp;→ **Sozlamalar**&nbsp;→ **Saytlar** tugmasini bosing.

1. Sahifani pastga torting va **Saytlarning kengaytirilgan sozlamalari** tugmasini bosing.
1. **Cookie-fayllar** bo‘limida **Ruxsat etilgan** xususiyatini yoqing.


<!--{% note info %}

Чтобы [заблокировать трекеры](https://browser.yandex.uz/help/uz/personal-data-protection/ytp.md) (сторонние cookie), в разделе **Сookie-файлы** выберите опцию **Ограничить сторонние cookie** или **Заблокировать сторонние cookie**.

{% endnote %}-->

![](../_image/cookies-settings.png){.border-yes}

{% endcut %}

{% cut "Bitta sahifa cookie-fayllari" %}


1. **![](../_image/settings-icon.svg)**&nbsp;→ **Sozlamalar**&nbsp;→ **Saytlar** tugmasini bosing.

1. Sahifani pastga torting va **Saytlarning kengaytirilgan sozlamalari** tugmasini bosing.
1. **Cookie-fayllar** bo‘limida **Saytlar sozlamalari** xususiyatini yoqing.
1. Ochilgan sahifa ro‘yxatida **Taqiqlangan** yoki **Faqat seans uchun** yorligi‘ni bosing.
1. Kerakli sayt aks etgan satr ustiga sichqonchani yo‘naltiring va **Ruxsat berish** tugmasini bosing.


{% endcut %}



## «Sahifa ishlamayapti. Sayt juda ko‘p marta qayta yo‘naltirishni amalga oshirdi» xatosi {#cyclic-forwarding}

**Sayt sahifasi o‘rnatgan cookie-fayllarni o‘chirib tashlang**

1. Xatolik yuz bergan sahifadagi [Aqlli qatorda](*smart-link) [ulanish holati](https://browser.yandex.uz/help/uz/security/protect-panel.md#icons) belgisini bosing.

1. Protect paneli ochiladi. Ulanish holati ko‘rsatilgan bo‘limda **Batafsil** tugmasini bosing.

1. **<...> ushbu sayt uchun cookie-fayllarni** bosing. Cookie-fayllar roʻyxati bor oyna paydo boʻladi.

1. Kerakli cookie-faylning o‘ng tomonidagi belgini bosing![](../_image/cookie-delete-icon.png).

**Tashqi saytlar cookie-fayllarini saqlashga ruxsat bering**

1. **![](../_image/settings-icon.svg)**&nbsp;→ **Sozlamalar**&nbsp;→ **Saytlar** tugmasini bosing.


1. Sahifani pastga torting va **Saytlarning kengaytirilgan sozlamalari** tugmasini bosing.

1. **Cookie-fayllar** bo‘limida **Ruxsat etilgan** xususiyatini yoqing.



<a href="uz/support/support">
<span class="button">Yordam xizmatiga yozish</span>
</a>


<!-- source: uz/_includes/black-button-styles.md -->



<!-- endsource: uz/_includes/black-button-styles.md -->



[*smart-link]: Manzil satriga qidirish soʻrovlarini kiritish mumkin — Brauzer sizga nima kerak ekanini oʻzi tushunadi.