---
metadata:
  - name: generator
    content: Diplodoc Platform v5.50.6
alternate:
  - https://browser.yandex.uz/help/en/personalization/web-app.md
  - https://browser.yandex.uz/help/kk/personalization/web-app.md
  - https://browser.yandex.uz/help/ru/personalization/web-app.md
  - https://browser.yandex.uz/help/tr/personalization/web-app.md
  - https://browser.yandex.uz/help/uz/personalization/web-app.md
---
> **Documentation Index:** Fetch the complete configuration index at https://browser.yandex.uz/help/uz/llms.txt




# Brauzerdagi veb-ilovalar

<!--По этому разделу написаны фактовые ответы. Если раздел обновился, не забудьте проверить и обновить ответы в файле fact-answers.yaml.-->

Saralangan xizmatlardan veb-ilovalar sifatida foydalanish, bir bosishda ochish va alohida oynada ishlash, kerakli varaqni qidirishga vaqt ketkazmaslik uchun ularni [yon panelga](https://browser.yandex.uz/help/uz/personalization/sidebar.md) kiriting. Masalan, koʻplab varaqlarda tashkil topgan [Yandex Brauzerning](https://browser.yandex.uz/) asosiy oynasini ochmasdan, [Yandex Pochtadagi](https://yandex.uz/support/yandex-360/customers/mail/uz/) xatlarni tekshirish yoki [Telemost](https://yandex.uz/support/yandex-360/customers/telemost/web/uz/) orqali uchrashuv tashkil qilish mumkin.

Ommabop messenjerlar, ijtimoiy tarmoqlar va onlayn oʻyinlar uchun veb-ilovalar ham koʻzda tutilgan.

Veb-ilovalar sifatida [Progressive Web Application](https://ru.wikipedia.org/wiki/Прогрессивное_веб-приложение) texnologiyasini ishlatadigan saytlar va Yandex oʻz kuchi bilan qoʻlllab-quvvatlaydigan ayrim ommabop resurslarni kiritish mumkin.


{% note info %}

Barcha saytlar ham veb-ilovalarga moslashtirilgan emas, lekin katalog muntazam ravishda yangilanib bormoqda. Agar siz saytni qoʻsha olmasangiz, [bizga shakl orqali yozing](https://browser.yandex.uz/help/uz/support/support.md#report-problem).

{% endnote %}


## O‘rnatish {#app-to-sidebar}


{% list tabs %}

- Sozlangan katalogdan


  1. Yon panelda ![](../_image/app-menu.png) tugmasini bosing.
  1. **Muloqot**, **Xizmatlar**, **Ko‘ngilochar**, **Xaridlar** yoki **Yandeks 360** oʻ‘limida kerakli ilovani sichqonchaning oʻng tugmasi bilan bosing.
  1. **Ilovasini oʻrnatish** bandini tanlang.


- Oddiy usulda


  {% cut "Aqlli satrda" %}


  1. Kerakli saytni oching.

  1. [Aqlli satrning](*smart-link) oʻng tomonida <svg width="20" height="24" viewBox="0 0 20 24" fill="none" xmlns="http://www.w3.org/2000/svg"><title>Меню</title><path fill-rule="evenodd" clip-rule="evenodd" d="M9 7.2C9 6.53726 9.53726 6 10.2 6C10.8628 6 11.4 6.53726 11.4 7.2C11.4 7.86274 10.8628 8.4 10.2 8.4C9.53726 8.4 9 7.86274 9 7.2ZM9 16.8C9 16.1372 9.53726 15.6 10.2 15.6C10.8628 15.6 11.4 16.1372 11.4 16.8C11.4 17.4628 10.8628 18 10.2 18C9.53726 18 9 17.4628 9 16.8ZM10.2 10.8C9.53726 10.8 9 11.3373 9 12C9 12.6628 9.53726 13.2 10.2 13.2C10.8628 13.2 11.4 12.6628 11.4 12C11.4 11.3373 10.8628 10.8 10.2 10.8Z" fill="currentcolor"/></svg> → **Ilova sifatida o‘rnatish** tugmasini bosing.
      
      {% note info %}
      
      Agar saytni ilova sifatida oʻrnatish mumkin boʻlmasa, u holda bu parametr nofaol boʻladi.
      
      {% endnote %}

  1. Qaysi [rejimda](#app-windows) sayt ochishni tanlang:
   
      - alohida oyna;
      - qalqib chiquvchi oyna;
      - biriktirilgan oyna.
  
  1. Ilovani sozlang, buning uchun oynada <svg xmlns="http://www.w3.org/2000/svg" width="22" height="22" viewBox="0 0 22 22" fill="none"><title>Настройки Яндекс Браузера</title><path d="M4 16.4091C4 16.0827 4.26117 15.8182 4.58333 15.8182H17.4167C17.7388 15.8182 18 16.0827 18 16.4091C18 16.7354 17.7388 17 17.4167 17H4.58333C4.26117 17 4 16.7354 4 16.4091Z" fill="currentColor"/><path d="M4 10.5C4 10.1736 4.26117 9.90909 4.58333 9.90909H17.4167C17.7388 9.90909 18 10.1736 18 10.5C18 10.8263 17.7388 11.0909 17.4167 11.0909H4.58333C4.26117 11.0909 4 10.8263 4 10.5Z" fill="currentColor"/><path d="M4 4.59091C4 4.26456 4.26117 4 4.58333 4H17.4167C17.7388 4 18 4.26456 18 4.59091C18 4.91726 17.7388 5.18182 17.4167 5.18182H4.58333C4.26117 5.18182 4 4.91726 4 4.59091Z" fill="currentColor"/></svg> tugmasini bosing va kerakli [opsiyalarni](#app-menu) yoqing (**Ilovani avtomatik ishga tushirish**, **Mobil versiyani ochish**, **Yorliq qoʻshish** va boshqalar).


  {% endcut %}

  {% cut "Yon panelda" %}


  1. **![](../_image/app-menu.png)** → **Saytni ilova sifatida kiritish** yon paneliga bosing.

  1. Sayt manzilini kiritishni boshlang va uni ochilgan menyudan tanlang.

  1. **Kiritishni** bosing.



  {% endcut %}

{% endlist %}

Barcha saytlar ham ilovalar shaklida soz ishlamaydi. Bu muammoga duch kelsangiz yoki saytni kirita olmasangiz, [shakl orqali bizga yozing](https://browser.yandex.uz/help/uz/support/support.md#report-problem).


## Ishga tushirish {#quick-access}


{% note info %}

Brauzer ishga tushganda avval ochilgan veb-ilovalar varaqlarini tiklash uchun **<svg xmlns="http://www.w3.org/2000/svg" width="22" height="22" viewBox="0 0 22 22" fill="none"><title>Настройки Яндекс Браузера</title><path d="M4 16.4091C4 16.0827 4.26117 15.8182 4.58333 15.8182H17.4167C17.7388 15.8182 18 16.0827 18 16.4091C18 16.7354 17.7388 17 17.4167 17H4.58333C4.26117 17 4 16.7354 4 16.4091Z" fill="currentColor"/><path d="M4 10.5C4 10.1736 4.26117 9.90909 4.58333 9.90909H17.4167C17.7388 9.90909 18 10.1736 18 10.5C18 10.8263 17.7388 11.0909 17.4167 11.0909H4.58333C4.26117 11.0909 4 10.8263 4 10.5Z" fill="currentColor"/><path d="M4 4.59091C4 4.26456 4.26117 4 4.58333 4H17.4167C17.7388 4 18 4.26456 18 4.59091C18 4.91726 17.7388 5.18182 17.4167 5.18182H4.58333C4.26117 5.18182 4 4.91726 4 4.59091Z" fill="currentColor"/></svg>**&nbsp;→&nbsp;**Sozlamalar**&nbsp;→&nbsp;**Interfeys**&nbsp;→&nbsp;**Varaqlar va guruhlar** tugmasini bosing va **Veb-ilovalar oynalarida varaqlarni tiklash** bandini yoqing.

{% endnote %}


Veb-ilovani ochishning bir nechta usullari mavjud:


{% cut "Yon panel orqali" %}


- Agar ilova yon panelga qoʻshilgan boʻlsa, paneldagi ilova belgisini bosing.
- Agar hali ilova kiritilmagan boʻlsa, ![](../_image/app-menu.png) yon paneliga bosing va ilovani tanlang.


{% note info %}

Ilovani yon paneldan berkitish uchun **![](../_image/sidebar-menu.png)** → **Ilovalar** tugmasini bosing va ilovadan belgini olib tashlang.

{% endnote %}



{% endcut %}

{% cut "Aqlli satr orqali" %}

Saytni oching va Aqlli satrning oʻng tomonida <svg width="20" height="24" viewBox="0 0 20 24" fill="none" xmlns="http://www.w3.org/2000/svg"><title>Меню</title><path fill-rule="evenodd" clip-rule="evenodd" d="M9 7.2C9 6.53726 9.53726 6 10.2 6C10.8628 6 11.4 6.53726 11.4 7.2C11.4 7.86274 10.8628 8.4 10.2 8.4C9.53726 8.4 9 7.86274 9 7.2ZM9 16.8C9 16.1372 9.53726 15.6 10.2 15.6C10.8628 15.6 11.4 16.1372 11.4 16.8C11.4 17.4628 10.8628 18 10.2 18C9.53726 18 9 17.4628 9 16.8ZM10.2 10.8C9.53726 10.8 9 11.3373 9 12C9 12.6628 9.53726 13.2 10.2 13.2C10.8628 13.2 11.4 12.6628 11.4 12C11.4 11.3373 10.8628 10.8 10.2 10.8Z" fill="currentcolor"/></svg> → **Ilovani ochish** tugmasini bosing.

{% note info %}

**Ilovani ochish** parametri faqat saytni yon panel ilovasi sifatida [oʻrnatgandan](#app-to-sidebar) keyin ishlaydi.

{% endnote %}


{% endcut %}

{% cut "Windows vazifalar paneliga qadash" %}


Ilovani ish stolidagi yorliq orqali, «Ishga tushirish» menyusi yoki kompyuterning vazifa paneli orqali ishga tushirish mumkin. Buning uchun:

1. Yon panelda sichqonchaning oʻng tugmasi bilan veb-ilova belgisini bosing.
1. **Windows vazifalar panelida mahkamlash** bandini tanlang.


{% endcut %}

{% cut "Windows bilan birga ishga tushirishga kiritish" %}


Ilova kompyuter yoqilganda har safar ishga tushadi. Buning uchun:

1. Yon panelda sichqonchaning oʻng tugmasi bilan veb-ilova belgisini bosing.

1. **Windows bilan birga ishga tushirish** bandini tanlang.



{% endcut %}



## Veb-ilovalar oynalari {#app-windows}


{% note info %}

Veb-ilovalar oynasida Brauzerning ayrim funksiyalarini ishlatish mumkin. Masalan, unda alohida varaqlardagi havolalarni ochish, [kengaytmalarni](https://browser.yandex.uz/help/uz/personalization/extension.md) ishga tushirish, [mutolaa rejimi](https://browser.yandex.uz/help/uz/search-and-browse/read-mode.md)  va boshqa vositalardan foydalanish mumkin.


{% endnote %}


Veb-ilovalar oynasini uchta rejimda ishlatilish mumkin. Rejimni tanlash uchun:

1. Ilovani [ishga tushiring](#quick-access).
1. Ochilgan oynaning yuqori o‘ng burchagida ![](../_image/change-view.png) tugmasini bosing.
1. Uchta variantdan birini tanlang:

    {% cut "Alohida oyna" %}

    Bu rejimda siz saytni Windows vazifalar paneliga mahkamlashingiz va undan alohida dastur sifatida foydalanishingiz mumkin. Ilova alohida oynada ochiladi. 

    Oynaning oʻlchamini chegaralarni surish orqali oʻzgartirish mumkin. Oynani yana sichqonchaning chap tugmasi bilan ilovalar panelini siqish orqali surish mumkin.

    Oynani yopish uchun yuqori oʻng tomonda ![](../_image/close-icon.png) tugmasini bosing.

    Bu rejimda Windows platformasida **Alt** + **Tab** tugmalari yordamida oynalar orasida almashish mumkin.

    ![](../_image/single-window.png)

    {% endcut %}

    {% cut "Qalqib chiquvchi oyna" %}

    Rejim siz ilovadan axborotni tez olishingiz va uni tez yopishingiz kerak boʻlganda qulay boʻladi. Misol uchun, agar onlayn lugʻat bilan ishlayotgan boʻlsangiz.

    Dastur Brauzerning asosiy oynasining ustidagi kichik oynada ochiladi. Bu oynaning oʻlchamlari va joylashuvi oʻzgarmaydi.

    Oynani yopish uchun undan tashqaridagi istalgan joyni sichqonchaninig chap tugmasi bilan bosing.

    Qalqib chiquvchi oynada baʼzan saytning mobil versiyasi bilan ishlash qulayroq. Uni ochish uchun&nbsp;**<svg xmlns="http://www.w3.org/2000/svg" width="22" height="22" viewBox="0 0 22 22" fill="none"><title>Настройки Яндекс Браузера</title><path d="M4 16.4091C4 16.0827 4.26117 15.8182 4.58333 15.8182H17.4167C17.7388 15.8182 18 16.0827 18 16.4091C18 16.7354 17.7388 17 17.4167 17H4.58333C4.26117 17 4 16.7354 4 16.4091Z" fill="currentColor"/><path d="M4 10.5C4 10.1736 4.26117 9.90909 4.58333 9.90909H17.4167C17.7388 9.90909 18 10.1736 18 10.5C18 10.8263 17.7388 11.0909 17.4167 11.0909H4.58333C4.26117 11.0909 4 10.8263 4 10.5Z" fill="currentColor"/><path d="M4 4.59091C4 4.26456 4.26117 4 4.58333 4H17.4167C17.7388 4 18 4.26456 18 4.59091C18 4.91726 17.7388 5.18182 17.4167 5.18182H4.58333C4.26117 5.18182 4 4.91726 4 4.59091Z" fill="currentColor"/></svg>**&nbsp;→&nbsp;**Mobil versiya** tugmasini bosing.

    ![](../_image/pop-up-window.png)

    {% endcut %}

    {% cut "Biriktirilgan oyna" %}

    Bu rejimda siz asosiy oyna bilan ishlayotganda yana bitta xizmatni koʻrishingiz mumkin (chatlar, pochta, onlayn translatsiya).

    Brauzer oynasi vertikal ravishda ikki qismga boʻlinadi, ilova kichik qismning chap tomonda ochiladi. Chap tomonning oʻlchamini oshirish uchun chegarani oʻng tomonga siljiting.

    Belgilangan oynani yopish uchun yuqori oʻng burchakda ![](../_image/close-icon-2.png) tugmasiga yoki yon paneldagi ilova belgisiga bosing.

    Biriktirilgan oynada baʼzan saytning mobil versiyasi bilan ishlash qulayroq. Uni ochish uchun **<svg xmlns="http://www.w3.org/2000/svg" width="22" height="22" viewBox="0 0 22 22" fill="none"><title>Настройки Яндекс Браузера</title><path d="M4 16.4091C4 16.0827 4.26117 15.8182 4.58333 15.8182H17.4167C17.7388 15.8182 18 16.0827 18 16.4091C18 16.7354 17.7388 17 17.4167 17H4.58333C4.26117 17 4 16.7354 4 16.4091Z" fill="currentColor"/><path d="M4 10.5C4 10.1736 4.26117 9.90909 4.58333 9.90909H17.4167C17.7388 9.90909 18 10.1736 18 10.5C18 10.8263 17.7388 11.0909 17.4167 11.0909H4.58333C4.26117 11.0909 4 10.8263 4 10.5Z" fill="currentColor"/><path d="M4 4.59091C4 4.26456 4.26117 4 4.58333 4H17.4167C17.7388 4 18 4.26456 18 4.59091C18 4.91726 17.7388 5.18182 17.4167 5.18182H4.58333C4.26117 5.18182 4 4.91726 4 4.59091Z" fill="currentColor"/></svg>** → **Mobil versiya** tugmasini bosing.

    ![](../_image/fixed-window.png)

    {% endcut %}



## Veb-ilovalar menyusi {#app-menu}

Menyuni ochish uchun ilova oynasida <svg xmlns="http://www.w3.org/2000/svg" width="22" height="22" viewBox="0 0 22 22" fill="none"><title>Настройки Яндекс Браузера</title><path d="M4 16.4091C4 16.0827 4.26117 15.8182 4.58333 15.8182H17.4167C17.7388 15.8182 18 16.0827 18 16.4091C18 16.7354 17.7388 17 17.4167 17H4.58333C4.26117 17 4 16.7354 4 16.4091Z" fill="currentColor"/><path d="M4 10.5C4 10.1736 4.26117 9.90909 4.58333 9.90909H17.4167C17.7388 9.90909 18 10.1736 18 10.5C18 10.8263 17.7388 11.0909 17.4167 11.0909H4.58333C4.26117 11.0909 4 10.8263 4 10.5Z" fill="currentColor"/><path d="M4 4.59091C4 4.26456 4.26117 4 4.58333 4H17.4167C17.7388 4 18 4.26456 18 4.59091C18 4.91726 17.7388 5.18182 17.4167 5.18182H4.58333C4.26117 5.18182 4 4.91726 4 4.59091Z" fill="currentColor"/></svg> tugmasini bosing. Menyuda quyidagi variantlar mavjud:

{% list tabs %}


- Alohida oyna

  - **Ilovani avtomatik ishga tushirish** — har safar kompyuter yoqilganda ilova ishga tushadi.

  - **Mobil versiyasini ochish** — ilovaning mobil versiyasini ochish. Belgilangan yoki ochilgan oynada ayrim saytlar mobil versiyada yaxshiroq aks ettiriladi.

  - **Veb-ilovada havolalarni ochish** — havolalar ilovaning alohida varaqlarida ochiladi.

  - **Asosiy sahifaga** — ilovaning asosiy sahifasiga oʻtish. Agar sayt ilovasida **Uyga** tugmasi boʻlmasa foydasi tegishi mumkin.

  - **Brauzerda ochish** — ilova oynasi yopiladi, ilova esa yangi Brauzer varagʻida ochiladi.

  - **Manzilni nusxalash** — ilova saytining ochiq sahifasining manzilini nusxalash.

  - **Ilova haqida** — ilova haqidagi axborotni oʻz ichiga olgan Protect panelini oching.

  - **Yorliq kiritish** — vazifalar paneli yoki ish stoliga ilova yorligʻini qoʻshing.

  - **Ilovani oʻchirish** — Brauzerdan ilovani oʻchirish.


- Qalqib chiquvchi oyna

  - **Bosh sahifa** — ilovaning bosh sahifasiga oʻtish. Agar sayt ilovasida **Uyga** tugmasi boʻlmasa foydasi tegishi mumkin.

  - **Manzilni nusxalash** — ilova saytining ochiq sahifasining manzilini nusxalash.

  - **Varaqda ochish** — ilova oynasi yopiladi va ilova yangi Brauzer varag‘ida ochiladi.

  - **Sayt haqida** — ilovaga oʻrnatilgan sayt ma’lumotlari bilan Protect panelini oching.

  - **Mobil versiya** — ilovaning mobil versiyasini ochish. Belgilangan yoki ochilgan oynada ayrim saytlar mobil versiyada yaxshiroq aks ettiriladi.

  - **Ilovani oʻchirish** — Brauzerdan ilovani oʻchirish.


- Biriktirilgan oyna

  - **Bosh sahifa** — ilovaning bosh sahifasiga oʻtish. Agar sayt ilovasida **Uyga** tugmasi boʻlmasa foydasi tegishi mumkin.

  - **Manzilni nusxalash** — ilova saytining ochiq sahifasining manzilini nusxalash.

  - **Varaqda ochish** — ilova oynasi yopiladi va ilova yangi Brauzer varag‘ida ochiladi.

  - **Sayt haqida** — ilovaga oʻrnatilgan sayt ma’lumotlari bilan Protect panelini oching.

  - **Mobil versiya** — ilovaning mobil versiyasini ochish. Belgilangan yoki ochilgan oynada ayrim saytlar mobil versiyada yaxshiroq aks ettiriladi.

  - **Ilovani oʻchirish** — Brauzerdan ilovani oʻchirish.


{% endlist %}




## Yashirish yoki oʻchirish {#hide-or-delete}


{% cut "Berkitish" %}


Yon panelda **![](../_image/sidebar-menu.png)** → **Ilovalar** tugmasini bosing va ilovadan belgini olib tashlang.


{% endcut %}

{% cut "Olib tashlash" %}


Yon panelda sichqonchaning oʻng tugmasi bilan ilova belgisini bosing va **Ilovani o‘chirish** bandini tanlang.

Agar ilova yon panelda boʻlmasa, ![](../_image/app-menu.png) tugmasini bosing va uni **Mening ilovalarim** boʻlimidan toping. Unga oʻng tugma bilan bosing va **Ilovani oʻchirish** variantini tanlang.


{% endcut %}



## Tezkor tugmalar {#hotkeys}


{% list tabs %}

- Windows va Linux

  **Umumiy savollar**

  #|

  ||
  Sahifani yangilash
  |
  **F5**

  **Ctrl** + **R**
  ||

  ||
  Sahifa yuklanishini to‘xtatish
  |
  **Esc**
  ||

  ||
  Joriy sahifada topish
  |
  **Ctrl** + **F**

  **F3**
  ||

  ||
  Sahifaning boshiga oʻtish
  |
  **Home**
  ||

  ||
  Sahifa oxiriga o‘tish
  |
  **End**
  ||

  ||
  Bitta ekran pastga o‘tkazish
  |
  **PageDown**

  **Space**
  ||

  ||
  Bitta ekran yuqoriga aylantirish
  |
  **PageUp**

  **Shift** + **Space**
  ||

  ||
  Oynani butun ekranga yoyish yoki butun ekran rejimidan chiqish
  |
  **F11**
  ||
  |#

  <br>

  **Varaqlar**

  #|

  ||
  Oʻngdagi varaqni ochish
  |
  **Ctrl** + **Tab**

  **Ctrl** + **PageDown**
  ||

  ||
  Bitta chapdagi varaqqa oʻtish
  |
  **Ctrl** + **Shift** + **Tab**

  **Ctrl** + **PageUp**
  ||

  ||
  Varaqni tartib raqami bo‘yicha tanlash (1–8)
  |
  **Ctrl** + **1-8**
  ||

  ||
  Oxirgi varaqni tanlash (uning raqamidan qatʼi nazar)
  |
  **Ctrl** + **9**
  ||

  ||
  Faol varaqni yopish
  |
  **Ctrl** + **W**

  **Ctrl** + **F4**
  ||

  ||
  Oxirgi yopilgan yorliqni ochish
  |
  **Ctrl** + **Shift** + **T**
  ||

  ||
  Havolani yangi varaqda ochish
  |
  **Ctrl** + havolani bosish
  ||
  |#


- macOS


  **Umumiy savollar**

  #|

  ||
  Sahifani yangilash
  |
  **⌘** + **R**
  ||

  ||
  Sahifa yuklanishini to‘xtatish
  |
  **Esc**
  ||

  ||
  Joriy sahifada topish
  |
  **⌘** + **F**
  ||

  ||
  Sahifaning boshiga oʻtish
  |
  **⌘** + **PageUp**
  ||

  ||
  Sahifa oxiriga o‘tish
  |
  **⌘** + **PageDown**
  ||

  ||
  Bitta ekran pastga o‘tkazish
  |
  **PageDown**
  ||

  ||
  Bitta ekran yuqoriga aylantirish
  |
  **PageUp**
  ||

  ||
  Oynani butun ekranga yoyish yoki butun ekran rejimidan chiqish
  |
  **Ctrl** + **⌘** + **F**
  ||
  |#

  <br>

  **Varaqlar**

  #|

  ||
  Oʻngdagi varaqni ochish
  |
  **⌘** + **Shift** + →

  **⌘** + **Tab**
  ||

  ||
  Bitta chapdagi varaqqa oʻtish
  |
  **⌘** + **Shift** + ←

  **⌘** + **Shift** + **Tab**
  ||

  ||
  Varaqni tartib raqami bo‘yicha tanlash (1–8)
  |
  **⌘** + **1-8**
  ||

  ||
  Oxirgi varaqni tanlash (uning raqamidan qatʼi nazar)
  |
  **⌘** + **9**
  ||

  ||
  Faol varaqni yopish
  |
  **⌘** + **W**
  ||

  ||
  Oxirgi yopilgan yorliqni ochish
  |
  **Shift** + **⌘** + **T**
  ||

  ||
  Havolani yangi varaqda ochish
  |
  **⌘** + havolani bosish
  ||
  |#


{% endlist %}



<a href="uz/support/support">
<span class="button">Yordam xizmatiga yozish</span>
</a>


<!-- source: uz/_includes/black-button-styles.md -->



<!-- endsource: uz/_includes/black-button-styles.md -->

[*smart-link]: Manzil satriga qidirish soʻrovlarini kiritish mumkin — Brauzer sizga nima kerak ekanini oʻzi tushunadi.