---
metadata:
  - name: generator
    content: Diplodoc Platform v5.54.4
alternate:
  - https://browser.yandex.uz/help/en/troubleshooting/media.md
  - https://browser.yandex.uz/help/kk/troubleshooting/media.md
  - https://browser.yandex.uz/help/ru/troubleshooting/media.md
  - https://browser.yandex.uz/help/tr/troubleshooting/media.md
  - https://browser.yandex.uz/help/uz/troubleshooting/media.md
  - href: uz/troubleshooting/media.md
    type: text/markdown
    title: Markdown version
  - href: ../llms.txt
    type: text/markdown
    title: llms.txt
---
> **Documentation Index:** Fetch the complete configuration index at https://browser.yandex.uz/help/uz/llms.txt




# Video, audio va o‘yinlar haqida tez-tez beriladigan savollar

## Videolar {#video}

{% note tip %}

Video haqida [Brauzerda video ijro etish](https://browser.yandex.uz/help/uz/working-with-files/video.md) ruknida o‘qing.    

{% endnote %}


{% cut "**Videoni ijro etishdagi muammolar**" %} {#video-problem}


Agar Brauzerda video o‘rniga qora ekran ko‘rsatilsa, onlayn o‘yinlarda tasvir pirpirab tursa, video uzoq yuklansa, doim sekin ijro etilsa yoki to‘liq ekranga almashilganda to‘xtab qolsa, muammoni quyidagi usullarning biri yordamida bartaraf eting:


{% cut "Kengaytmalarni o‘chiring" %}

Ayrim [kengaytmalar](https://browser.yandex.uz/help/uz/personalization/extension.md) sahifalardagi kontentni, jumladan, video va rasmlarni ko‘rsatishni cheklaydi. O‘rnatilgan kengaytmalarni tekshirish uchun:

1. **![](../_image/settings-icon.svg)**&nbsp;→ **Kengaytmalar** tugmasini bosib, barcha kengaytmalarni faolsizlantiring.


1. Brauzerni qayta ishga tushiring: uni **Ctrl**&nbsp;+&nbsp;**Shift**&nbsp;+&nbsp;**Q** (Windows va Linux tizimida) yoki **⌘**&nbsp;+&nbsp;**Q** (MacOS tizimida) tugmalar kombinatsiyasi bilan yoping, keyin qayta oching.


1. Brauzerda sahifaning oldinroq saqlangan nusxasi yuklanmasligi uchun [keshni tozalang](https://browser.yandex.uz/help/uz/personal-data-protection/cache-memory.md#clearing-cache).


1. Muammo yo‘qolsa, qayta ko‘rib chiqish usuli yordamida uni keltirib chiqargan kengaytmani toping. Har safar Brauzerni qayta ishga tushiring.


1. Bu kengaytmani faolsizlantiring. Shuningdek, kengaytma dasturchilariga muammo haqida xabar berishingiz mumkin.


{% endcut %}

{% cut "Apparat tezlashish sozlamalarini o‘zgartiring" %}


[Apparat qismi yordamida tezlatish](https://ru.wikipedia.org/wiki/Аппаратное_ускорение) funksiyasini yoqib yoki faolsizlantirib koʻring.

1. **![](../_image/settings-icon.svg)** → **Sozlamalar** → **Tizim** tugmasini bosing.
2. **Samaradorlik** boʻlimida **Imkoniyatga qarab apparat tezlashishidan foydalanish** funksiyasi yoniq boʻlsa, uni faolsizlantiring. Agar ushbu parametr nofaol boʻlsa, uni yoqing.
3. Brauzeringizni **Ctrl**&nbsp;+&nbsp;**Shift**&nbsp;+&nbsp;**Q** (Windows va Linux tizimlarida) yoki **⌘**&nbsp;+&nbsp;**Q** (macOS tizimida) tugmalari yordamida yoping.
4. Oʻzgarishlar kuchga kirishi uchun Brauzerni qayta ishga tushiring.


{% endcut %}

{% cut "Video drayverlarni yangilang" %}


1. **Ishga tushirish**&nbsp;→ **Boshqaruv paneli**&nbsp;→ **Qurilma dispetcheri** tugmasini bosing.
2. **Video adapterlarni** oching — grafik kartalar roʻyxati chiqadi.
3. Video-kartangiz nomining ustiga sichqonchaning o‘ng tugmasi bilan bosing.
4. Kontekst menyusida **Drayverlarni yangilash** bandini tanlang.



{% endcut %}

Muammo hal etilganini tekshiring. Muammo hal etilmasa, [bizga yozing](https://browser.yandex.uz/feedback/). Maktubda drayverlar yangilanligini yozing.


{% endcut %}

{% cut "**Ovoz past yoki umuman yo‘q**" %}

Videodagi tovush muammolarini hal qilish haqida [Audio haqida tez-tez beriladigan savollar](#sound-does-not-work) bo‘limida tanishing.

{% endcut %}


<!--{% cut "**Video tarjima qilinmaydi**" %} {#no-translator__video-no-translation}

Muammoni quyidagi usullardan biri bilan hal qiling:

- Brauzer sozlamalarini tekshiring:

  1. **![](../_image/settings-icon.svg)**&nbsp;→ **Sozlamalar**&nbsp;→ **Vositalar** bosing.


  2. **Tarjimon** ruknida **Tarjima tugmasini videoda koʻrsatish** yoqilganini tekshiring.

- Tarjimonning toʻg‘ri ishlashi uchun oxirgi versiya Brauzer kerak.

  1. Versiya bilan tanishish uchun **![](../_image/settings-icon.svg)** → **Yordam** → **Brauzer haqida** tugmasini bosing.

  2. Agar yangilanish mavjud boʻlsa, sahifada **Yangilash** tugmasi boʻladi. Uni bosib, Brauzer yangilanishini kuting. Odatda bu bir daqiqadan oshmaydi.

- Brauzerni qayta ishga tushiring. **![](../_image/settings-icon.svg)** → **Brauzerni yopish** tugmasini yoki **Ctrl + Shift + Q** (Windows) yoki **⌘** + **Q** (macOS) tugmalar birikmasini bosing, keyin uni qayta oching.

- Tarjimani bloklovchi kengaytmani faolsizlantiring:

  1. **![](../_image/settings-icon.svg)**&nbsp;→ **Kengaytmalar** tugmasini bosib, barcha kengaytmalarni faolsizlantiring.


  2. Brauzerni qayta ishga tushiring: uni **Ctrl**&nbsp;+&nbsp;**Shift**&nbsp;+&nbsp;**Q** (Windows va Linux tizimida) yoki **⌘**&nbsp;+&nbsp;**Q** (MacOS tizimida) tugmalar kombinatsiyasi bilan yoping, keyin qayta oching.


  3. Brauzerda sahifaning oldinroq saqlangan nusxasi yuklanmasligi uchun [keshni tozalang](https://browser.yandex.uz/help/uz/personal-data-protection/cache-memory.md#clearing-cache).


  4. Muammo yo‘qolsa, qayta ko‘rib chiqish usuli yordamida uni keltirib chiqargan kengaytmani toping. Har safar Brauzerni qayta ishga tushiring.


  5. Bu kengaytmani faolsizlantiring. Shuningdek, kengaytma dasturchilariga muammo haqida xabar berishingiz mumkin.


{% endcut %}-->


{% cut "**Linux'da videoga aloqador muammolar**" %}

{% cut "Video drayverlarni yangilang" %}

Eng yangi yangilanishlar va video drayverlarni o‘rnatganingizni tekshiring:

{% list tabs %}

- Ubuntu/Debian

  `sudo apt update && sudo apt upgrade`

- Fedora

  `sudo dnf install ffmpeg-libs`

{% endlist %}

Drayverlarga oid muammolarni bartaraf etish uchun boshqa ilovalarda (masalan, VLC) video ishlashini tekshiring.

{% endcut %}

{% cut "Kodeklarni o‘rnating" %} {#troubleshooting__install-codec-manually}

<!-- source: uz/_includes/reusables/instrukcii/id-instrukcii/install-gstreamer-linux.md -->
1. Brauzer [versiyasini tekshiring](https://browser.yandex.uz/help/uz/about/install.md#version).

2. Agar 23.3.0 versiyadan eskiroq boʻlsa, Brauzerni [yangilang](https://browser.yandex.uz/help/uz/about/install.md#up).

3. Quyidagi buyruqlarni bajarib, [GStreamer](https://ru.wikipedia.org/wiki/GStreamer) paketlarini o‘rnating:

{% cut "Mint" %}

```
sudo apt install libgstreamer1.0-0 gstreamer1.0-plugins-base gstreamer1.0-plugins-good gstreamer1.0-plugins-bad gstreamer1.0-plugins-bad-faad gstreamer1.0-libav
```

{% endcut %}

{% cut "Ubuntu" %}

```
sudo apt install libgstreamer1.0-0 gstreamer1.0-plugins-base gstreamer1.0-plugins-good gstreamer1.0-plugins-bad gstreamer1.0-libav
```

{% endcut %}

{% cut "Astra Linux" %}

```
sudo apt-get install ffmpeg-plugin-browser libgstreamer1.0-0 gstreamer1.0-plugins-base gstreamer1.0-plugins-good gstreamer1.0-plugins-bad gstreamer1.0-plugins-bad-faad gstreamer1.0-libav
```

{% endcut %}

{% cut "Alt Linux" %}

```
su -lc 'apt-get install gstreamer1.0 gst-plugins-base1.0 gst-plugins-good1.0 gst-plugins-bad1.0 gst-libav'
```

{% endcut %}

{% cut "RED OS" %}

{% list tabs %}

  - 7.3 va undan yuqori

    ```
    dnf install gstreamer1 gstreamer1-plugins-base gstreamer1-plugins-good gstreamer1-plugins-good-extras gstreamer1-plugins-bad-free gstreamer1-plugins-bad-free-extras gstreamer1-libav
    ```

  - 7.1–7.2

    ```
    yum install gstreamer1 gstreamer1-plugins-base gstreamer1-plugins-good gstreamer1-plugins-good-extras gstreamer1-plugins-bad-free gstreamer1-plugins-bad-free-extras gstreamer1-libav
    ```

{% endlist %}

{% endcut %}

{% cut "ROSA “KOBALT” 7.9" %}

```
dnf install libgstreamer1.0 gstreamer1.0-plugins-base gstreamer1.0-plugins-good gstreamer1.0-plugins-bad gstreamer1.0-libav
```

{% endcut %}

{% cut "AlterOS" %}

```
yum install gstreamer1 gstreamer1-plugins-base gstreamer1-plugins-good gstreamer1-plugins-good-extras gstreamer1-plugins-bad-free gstreamer1-plugins-bad-free-extras gstreamer1-libav
```

{% endcut %}

{% cut "OpenSUSE" %}

```
sudo zypper install gstreamer gstreamer-plugins-base gstreamer-plugins-good gstreamer-plugins-bad gstreamer-plugins-libav
```

{% endcut %}

4. Brauzerni qayta ishga tushiring. Agar bu yordam bermasa, uni yoping va konsolda quyidagi buyruqni bajaring:

```
rm ~/.cache/gstreamer-1.0/registry.x86_64.bin
```
<!-- endsource: uz/_includes/reusables/instrukcii/id-instrukcii/install-gstreamer-linux.md -->

{% endcut %}

{% cut "Qo‘shimcha kodeklarni o‘rnating" %}

Ayrim video formatlari uchun qo‘shimcha kodeklar talab qilinishi mumkin:

{% list tabs %}

- Ubuntu/Debian

  `sudo apt install ffmpeg chromium-codecs-ffmpeg-extra`

- Fedora

  `sudo dnf install ffmpeg-libs`
  
{% endlist %}

{% endcut %}

{% cut "“Override software rendering list” sozlamasini o‘zgartiring" %}

1. [Aqlli satrda](*smart-link) quyidagi manzilni yozing: `browser://flags/#ignore-gpu-blacklist`. 
1. **Enter** tugmasini bosing. 
1. Bularni toping va o‘rnating: **Ignore GPU block list** → **Enabled Hardware decode acceleration for Linux** → **Enabled Video decoder**.
1. Brauzerni qayta ishga tushiring. **![](../_image/settings-icon.svg)** → **Brauzerni yopish** tugmasini yoki **Ctrl + Shift + Q** (Windows) yoki **⌘** + **Q** (macOS) tugmalar birikmasini bosing, keyin uni qayta oching.

{% endcut %}

{% endcut %}

<!--{% cut "**Original video tovushini oʻzgartirish**" %}

Tarjima qilingan videoni tomosha qilsangiz, asl video tovushini oʻzgartirishingiz mumkin:

1. Sichqoncha koʻrsatkichini rolik ustiga keltiring.

1. ![](../_image/menu-tibar-video.svg) belgisini bosing.

1. **Original tovush balandligi** bilan kerakli darajani belgilang.

{% endcut %}-->

{% cut "**Video ijro etilmaydi, lekin kompyuterga yuklanadi**" %}


Agar sayt egasi Brauzerda fayl ochilishini taqiqlagan bo‘lsa, fayl foydalanuvchi kompyuteriga yuklanadi. Uni Brauzerda ochish uchun Brauzer oynasiga [Aqlli satrning o‘ng](*smart-link) tomonida paydo bo‘lgan yuklab olingan fayl belgisini olib keling yoki quyidagi [tugmalarini](https://browser.yandex.uz/help/uz/useful-features/hotkeys.md) bosing **Ctrl** + **O** va [Yuklanmalar](https://browser.yandex.uz/help/uz/working-with-files/download-files.md#where) jildida kerakli faylni tanlang.


{% endcut %}

<!--{% cut "**Video tili aniqlanmagan yoki xato aniqlangan**" %}

1. Sichqoncha koʻrsatkichini rolik ustiga keltiring.

1. Yuqoridagi ![](../_image/menu-tibar-video.svg) belgisini bosing.

1. **Video tarjimasi** ruknida kerakli tilni tanlang. Keyingi safar Brauzer tarjima uchun oxirgi tanlangan tildan foydalanadi.

{% endcut %}

{% cut "**Video tarjimasi tugashi haqida bildirishnoma yoʻq**" %}

Bildirishnoma yoqilganini tekshiring:

1. **![](../_image/settings-icon.svg)** → **Sozlamalar** → **Saytlar** tugmasini bosing.


2. **Bildirishnomalar** boʻlimida **Yandeks xizmatlaridan** tugmasini bosing.


3. **Yandex Brauzerda** varag‘ida **Video tarjimasi** parametrini yoqing.

{% endcut %}-->

{% cut "**Himoyalangan kontent ijro etilmayapti**" %}



{% note info %}

Inkognito rejimida himoyalangan kontent ijro etilmaydi.

{% endnote %}


Agar [mualliflik huquqi bilan himoyalangan kontentli](https://ru.wikipedia.org/wiki/Технические_средства_защиты_авторских_прав) video ijro etilmasa:


{% cut "Brauzerni yangilang va qayta ishga tushiring" %}


Eski Brauzerda videoni tez yuklash texnologiyasi ishlamasligi mumkin. [Yandex Brauzerning oxirgi versiyasini](https://browser.yandex.uz/) oʻrnating.

Brauzerni birinchi marta ishga tushirganda kontentni shifrlash tizimining toʻgʻri ishlashi uchun zarur boʻlgan barcha plaginlar ham ulanmasligi mumkin. Ushbu xatoni tuzatish uchun Brauzerni qayta ishga tushiring – plaginlar avtomatik ravishda ulanadi.


{% endcut %}

{% cut "Himoyalangan kontentni ijro etishga ruxsat bering" %}


1. **![](../_image/settings-icon.svg)**&nbsp;→ **Sozlamalar**&nbsp;→ **Saytlar** tugmasini bosing.


2. Sahifani pastga torting va **Saytlarning kengaytirilgan sozlamalari** tugmasini bosing.

3. **Himoyalangan kontent** boʻlimida **Himoyalangan kontentni ijro etishga ruxsat berish** parametrini yoqing.

4. Ayrim xizmatlar kontentni himoya qilish uchun qurilma unikal identifikatorlaridan foydalanadi. Ular **Himoyalangan kontent identifikatorlari** boʻlimida ishlashi uchun **Saytlar xavfsiz kontentni ijro etish uchun identifikatorlardan foydalanishiga ruxsat berish** (faqat Windows uchun) parametrini yoqing.


{% endcut %}

{% endcut %}

{% cut "**Brauzerda NPAPI va Unity ishlamaydi**" %} {#NPAI-and-Unity}


Brauzer endi Unity Web Player asosida yaratilgan NPAPI modulini dastaklamaydi. Bu texnologiya eskirgan, Unity kompaniyasi ushbu modulni qoʻllab-quvvatlashni ham toʻxtatgan.


{% endcut %}

{% cut "**Veb-saytga kirishda videoning avtomatik ijrosini o‘chirolmayapman**" %}


Ayrim veb-saytlarga o‘tilganda, video ijrosi avtomatik ravishda boshlanadi. Afsuski, Brauzerda saytdagi videolarni avtomatik ishga tushirishni taqiqlash imkoniyati mavjud emas.


{% endcut %}

{% cut "**Brauzer veb-kamerani koʻrmayapti**" %}


Boshqa dasturlar kamerani aniqlanishini tekshiring.

- Aks holda, kamera drayveri soz oʻrnatilganligiga ishonch hosil qiling va zarur holatda uni qayta oʻrnating:

  1. **Ishga tushirish** → **Boshqaruv paneli** → **Qurilma dispetcheri** tugmasini bosing.

  2. **Kameralar** ilovasini oching - kameralar roʻyxati chiqadi.

  3. Kameraning nomini sichqonchaning oʻng tugmasi bilan bosing.

  4. Kontekst menyusida **Drayverlarni yangilash**bandini tanlang.

- Agar shunday boʻlsa, uni Brauzer sozlamalarida qoʻlda koʻrsating:

  1. **![](../_image/settings-icon.svg)**&nbsp;→ **Sozlamalar**&nbsp;→ **Saytlar** tugmasini bosing.


  2. **Saytning kengaytirilgan sozlamalarini** oching.

  3. **Kameradan foydalanish** boʻlimida kamerani tanlang va **Ruxsat soʻrash** parametrini yoqing.

  Agar bu yordam bermasa, [brauzer yordam xizmatga](https://browser.yandex.uz/help/uz/support/support.md#report-problem) yozing.



{% endcut %}

{% cut "**Windowsda «Video kodeklar topilmadi» xatosi**" %}


Agar saytda video ijro etilmasa va «Video kodeklar topilmadi» xatosi paydo boʻlsa, bu sizda kerakli kodeklar boʻlmagan Windows N/KN versiyasi oʻrnatilganini bildiradi.

Windows versiyasini tekshiring:

1. **Ishga tushirish** → **Boshqaruv paneli** → **Tizim** tugmasini bosing.

2. Windows kompyuter versiyasi haqida maʼlumot toping. Masalan, “Windows 10 Pro N”.

Windows versiyasini tanlang:

{% cut "Windows N/KN versiyasi emas" %}

Bizga [shakl](https://browser.yandex.uz/feedback/) orqali yozing.

{% endcut %}

{% cut "Windows 7 N/KN" %}

1. Brauzerni yoping. **![](../_image/settings-icon.svg)** → **Brauzerni yopish** tugmasini yoki **Ctrl + Shift + Q** (Windows) yoki **⌘** + **Q** (macOS) tugmalar birikmasini bosing.

2. Brauzerni qayta ishga tushiring va video ijrosini tekshiring.

Agar bu yordam bermasa, bizga [shakl](https://browser.yandex.uz/feedback/) orqali yozing.

{% endcut %}

{% cut "Windows 8 N/KN" %}

[Windows 8 N/KN uchun](https://www.microsoft.com/en-in/download/details.aspx?id=30685) Media Feature Packʼni yuklab oling va oʻrnating.

{% endcut %}

{% cut "Windows 8.1 N/KN" %}

[Windows 8.1 N/KN uchun](https://www.microsoft.com/en-us/download/details.aspx?id=40744) Media Feature Packʼni yuklab oling va oʻrnating.

{% endcut %}

{% cut "Windows 10 N/KN" %}

[Windows 10 N/KN uchun](https://www.microsoft.com/en-us/download/details.aspx?id=48231) Media Feature Packʼni yuklab oling va oʻrnating.

{% endcut %}

{% endcut %}

## Audiolar {#audio}

{% note tip %}

Audio haqida [Brauzerda audio tinglash](https://browser.yandex.uz/help/uz/working-with-files/audio.md) ruknida o‘qing.    

{% endnote %}

{% cut "**Men o‘zimni eshitmayapman**" %}

{% cut "Brauzer sozlamalarida mikrofonni qo‘shing" %}


1. **![](../_image/settings-icon.svg)**&nbsp;→ **Sozlamalar**&nbsp;→ **Saytlar** tugmasini bosing.


1. Sahifani pastga torting va **Saytlarning kengaytirilgan sozlamalari** tugmasini bosing.

1. **Mikrofonga kirish** bo‘limida qurilmani oddiy usulda tanlang.


{% endcut %}

{% cut "Mikrofonni tekshiring" %}



1. Windows platformasida **Boshqaruv panelini** oching.

1. **Ovoz** tugmasini bosing.

1. **Yozib olish** sahifasida kerakli mikrofonni toping.

1. Unga sichqonchaning o‘ng tugmasi bilan bosing va **sukut bo‘yicha foydalanish** buyrug‘ini tanlang.

1. Yana bir bor mikrofon ustiga sichqonchaning o‘ng tugmasi bilan bosing va **Xususiyatlar** buyrug‘ini tanlang.

1. Ochilgan oynada **Darajalar** sahifasiga kiring. Har ikkala parametr bir vaqtning o‘zida minimal yoki maksimal darajaga belgilanmasligi kerak.

1. **Qo‘shimcha** varag‘iga o‘ting va **Qo‘shimcha tovush vositalarini yoqish** parametri faol emasligiga ishonch hosil qiling.

1. Maxsus tovush effektlaridan foydalanish funksiyasini faolsizlantiring. **Yaxshilash** sahifasini oching. **Barcha tovush effektlarini faolsizlantirish** parametrini tanlang va **Tatbiq etish** → **Ok** tugmasini bosing.

Mikrofonni sozlashga oid batafsil axborot bilan [Windows Yordam](https://support.microsoft.com) sahifasida tanishing.


{% endcut %}

{% cut "Audio drayverlarni yangilang" %}

1. **Start** → **Boshqaruv paneli** → **Qurilma dispetcheri** → **Ovozli, o‘yin va video qurilmalar** tugmasini bosing.

1. Ro‘yxatni oching.

1. Sichqonchaning o‘ng tugmasi bilan drayver nomini bosing → **Xususiyatlar** → **Drayver** → **Drayverni yangilash**. 

{% endcut %}

{% endcut %}

{% cut "**Ovoz past yoki umuman yo‘q**" %} {#sound-does-not-work}

{% cut "Boshqaruv panelida tovushni tekshiring" %}

Aqlli satrning o‘ng tomonida ![](../_image/music-icon.svg) belgisini bosing. Tovush o‘chirilgan bo‘lsa, varaqda ![](../_image/side-tab-sound-off.svg) belgisi aks etadi. Tovushni uchun ushbu belgini bosing.

{% endcut %}

{% cut "Operatsion tizim sozlamalarida tovush balandligi miksherini tekshiring" %}

{% list tabs %}

- Windows


  1. Brauzer orqali internetdagi har qanday video yoki musiqa pleyerini yoqing.

  1. Ekranning pastki o‘ng burchagida joylashgan vazifalar panelidagi ![](../_image/sound-does-not-work.svg) belgisini sichqonchaning o‘ng tugmasi bilan bosing.

  1. Ochilgan menyuda **Tovush balandligi miksheri** bandini bosing va tovushni balandroq qiling.


- macOS


  1. Brauzer orqali internetdagi har qanday video yoki musiqa pleyerini yoqing.

  1. **Tizim sozlamalari** → **Tovush** tugmasini bosing.

  1. Ochilgan oynada tovush balandligi miksherini sozlang.


{% endlist %}


{% endcut %}



{% endcut %}

{% cut "**Audio ijro etilmayapti**" %} {#audio-not-play}


Audioni bloklaydigan kengaytmani topishga urining:

1. **![](../_image/settings-icon.svg)**&nbsp;→ **Kengaytmalar** ilovasini oching va barcha kengaytmalarni faolsizlantiring.


1. Muammo yo‘qolsa, qayta ko‘rib chiqish usuli yordamida uni keltirib chiqargan kengaytmani toping.


1. Kengaytmani faolsizlantiring. Shuningdek, kengaytma dasturchilariga muammo haqida xabar berishingiz mumkin.



{% endcut %}

## Oʻyinlar {#games}

{% cut "**Oʻyinlar ishlamayapti**" %}

{% cut "Videokarta drayverlarini yangilang" %}

1. **Ishga tushirish**&nbsp;→ **Boshqaruv paneli**&nbsp;→ **Qurilma dispetcheri** tugmasini bosing.
2. **Video adapterlarni** oching — grafik kartalar roʻyxati chiqadi.
3. Video-kartangiz nomining ustiga sichqonchaning o‘ng tugmasi bilan bosing.
4. Kontekst menyusida **Drayverlarni yangilash** bandini tanlang.


{% endcut %}

{% cut "“Override software rendering list” sozlamasini o‘zgartiring" %}

1. [Aqlli satrda](*smart-link) quyidagi manzilni yozing: `browser://flags/#ignore-gpu-blacklist`. 
1. **Enter** tugmasini bosing. 
1. Qidiruv satrida **Override software rendering list** deb yozing.
1. **Yoqilgan** yoki **Enabled** qiymatini tanlang.
1. Brauzerni qayta ishga tushiring. **![](../_image/settings-icon.svg)** → **Brauzerni yopish** tugmasini yoki **Ctrl + Shift + Q** (Windows) yoki **⌘** + **Q** (macOS) tugmalar birikmasini bosing, keyin uni qayta oching.

{% endcut %}

{% cut "Brauzerni kalit bilan ishga tushiring." %}

1. Sichqonchaning o‘ng tugmasi bilan Yandex Brauzer yorlig‘ini bosing → **Xususiyatlar**.
1. **Obyekt** satrida `--ignore-gpu-blocklist` parametrini qo‘shing.

    {% note warning %}

    `browser.exe` dan keyin bo‘shliq bo‘lishi shart. **Obyekt** satriga misol:
    `C:\Users\%username%\AppData\Local\Yandex\YandexBrowser\Application\browser.exe --ignore-gpu-blocklist`

    {% endnote %}
1. Brauzerni qayta ishga tushiring. **![](../_image/settings-icon.svg)** → **Brauzerni yopish** tugmasini yoki **Ctrl + Shift + Q** (Windows) yoki **⌘** + **Q** (macOS) tugmalar birikmasini bosing, keyin uni qayta oching.

{% endcut %}

{% endcut %}

{% cut "**Sichqoncha kursori onlayn o‘yinda qotib qolyapti**" %} {#cursor-error}

Yandex Brauzerdagi ayrim onlayn o‘yinlarda sichqoncha tugmalarini bosganingizda kursor qotib qolishi mumkin. Bunday holda, sichqoncha ishoralarini faolsizlantiring:

1. **![](../_image/settings-icon.svg)** → **Sozlamalar** → **Vositalar** tugmasini bosing.
1. **Sichqoncha ishoralari** ruknida **Yoqish** bandini faolsizlantiring.


Agar bu yordam bermasa, [bizga bu haqida xabar bering](https://browser.yandex.uz/feedback/).

{% endcut %}



<a href="../support/support">
<span class="button">Yordam xizmatiga yozish</span>
</a>


<!-- source: uz/_includes/black-button-styles-cut-normal.md -->



<!-- endsource: uz/_includes/black-button-styles-cut-normal.md -->

[*smart-link]: Manzil satriga qidirish soʻrovlarini kiritish mumkin — Brauzer sizga nima kerak ekanini oʻzi tushunadi.